21:36 / 17.02.2016
4148

Rossiya London sudiga 3 mlrd dollarlik qarz bo‘yicha Ukrainaga qarshi da'vo arizasi topshirdi

Rossiya London sudiga 3 mlrd dollarlik qarz bo‘yicha Ukrainaga qarshi da'vo arizasi topshirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma'lum qildi.

"Bugun Rossiya moliya vazirligi London Oliy sudiga Ukrainadan 3 mlrd dollarlik qarzni undirish va Rossiyaning sud xarajatlarini qoplash maqsadida Ukrainaga qarshi da'vo arizasi berdi", deb aytdi Siluanov.

Siluanovning aytishicha, Rossiya qarzning uzilishi bo‘yicha masalani suddan tashqari hal qilishga tayyorligini bir necha bor ta'kidlagan.

"Biroq, afsuski, Ukraina nafaqat biz, balki Xalqaro valyuta jamg‘armasi so‘raganiga qaramasdan, "ko‘ngilli" tarzda muzokaralar olib borishni istamadi. Shuning uchun masalani hal qilishning yagona yo‘li – sudga murojaaat qilish bo‘ldi va biz buni qildik", deb aytdi Siluanov.

1 yanvarda Rossiya moliya vazirligi Ukraina 3 mlrd dollarlik qarzini uzish bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘yganini ma'lum qilgandi.

Bu pullar Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich hokimiyati vaqtida olingan. Ukrainaning amaldagi rahbariyati ushbu qarzni uzishga shoshilmayapti.

Top