15:27 / 17.02.2016
4628

Toshkentda Dots Donuts qandolatxonasi ochildi

Toshkent shahrida 13 fevral kuni Dots Donuts kulchaxonasi ishga tushdi. Shirinlikni xush ko‘ruvchi mijozlarga 30dan ortiq turdagi rang-barang kulchalar taqdim etiladi.

Ochilish marosimida birinchi tashrif buyurgan 10 xaridorga 20 foizlik chegirma sertifikatlari topshirildi.

Bundan tashqari, barcha ishtirokchilarga maxsus lotereyada qatnashish uchun raqamlar tarqatildi va g‘oliblar bepul kulchalar bilan taqdirlandi.

Xonanda Lola esa mazkur kulchaxonani ochib berib, yig‘ilganlarni o‘z qo‘shiqlari bilan mamnun etdi.

Amerikaning mashhur Dunkin Donuts shirinligini eslatuvchi mazkur kulchalarni endi O‘zbekiston poytaxtida ham topish mumkin.

Top