07:50 / 18.02.2016
2586

YeChL: "Gent" o‘z maydonida "Volsfurg"dan yengildi

17 fevral kuni o‘tkazilgan YeChL nimchorak finalidagi yana bir uchrashuvda Belgiyaning "Gent" jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning "Volfsburg" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

Uchrashuvdagi dastlabki uchta gol mehmonlar tomonidan urildi. 44 va 54-daqiqalarda Draksler dublga erishgan bo‘lsa, 60-daqiqada Kruze hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Germaniyaliklar xotirjamlikka berilishgach, bu gollarga 80 va 89 daqiqalarda Kums hamda Kulibali tomonidan javob gollari yo‘llandi - 2:3. Lekin mezbonlar hisobni tenglashtirib, mo‘'jiza ko‘rsatishga ulgurishmadi va mag‘lubiyatni tan olishdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final

Gent — Volfsburg 2:3
Gollar: Kums, 80, Kulibali 89 — Draksler, 44, 54, Kruze, 60
Gent: Zels, Nilsen, Foket, Mitrovich, Milichevich (Sayyef, 61), Asare, Renato Neto, Dejagere, Kums, Depuatr (Kulibali, 80), Simon (Matton, 61)
Volfsburg: Kastels, Yung (Shyurrle, 45), Dante, Rodriges R., Knoxe, Viyeyrinya (Shefer, 80), Draksler, Luis Gustavo, Tresh, Arnold, Kruze (Putaro, 90)
Ogohlantirishlar: Kums, 59 - Luis Gustavo, 47; Viyeyrinya, 48.

Top