19:52 / 18.02.2016
3412

Ekko audio-habi istalgan quloqchinlarga “havo orqali” musiqa eshitish imkonini beradi

Bir necha kishidan iborat oilalarda ko‘pchilik musiqa eshitish, kino ko‘rish yoki o‘yin o‘ynash bilan band bo‘lgan vaqtda uyda tinch bir joyni topish mushkul bo‘lib qoladi.

Shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi? Sizga yordamga Ekko audio-habi keladi.

Mohiyati bo‘yicha, bu qurilma o‘zidan bir qancha miniatyur musiqa uzatuvchilardan iborat audiotizim, televizor va smartfonlar uchun adapterni o‘z ichiga oladi. Har bir musiqa uzatuvchilarni istalgan quloqchinlarga ulab, ularni simsiz aksessuarga aylantirish mumkin. Endi ikki-uch kishi film ko‘rib yoki o‘yin o‘ynab bitta audio to‘lqinni eshitishlari mumkin. 

Ekko audio-habi yaratuvchilari uning qanday ishlashini namoyish qildilar.

Har bir quloqchinlarga ulanuvchi resiverlar Hi-Fi sifatidagi (96 kGts, 24-bit, MP3, FLAC) audioni 4.5 soat uzluksiz uzatadi. Uzatish radiusi 30 metrni tashkil qiladi. Audioning strimingi Wi-Fi 802.11 ac protokoli bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurilmaning o‘lchamlari 25 x 6,35 x 1,7 santimetrdan iborat.

Ekko yaqin orada Kickstarter`da paydo bo‘ladi va uning ulgurji va buyurtma narxlari ham e'lon qilinadi.

Top