21:16 / 18.02.2016
4004

iPhone sotuvi tarixida birinchi marta pasayish kuzatildi

Gartner tadqiqot kompaniyasining ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning to‘rtinchi choragida smartfon savdosi avvalgi chorakka nisbatan 9.7 foizga o‘sish ko‘rsatdi, lekin o‘sish darajasi 2008 yildan beri eng past suratdagisi bo‘ldi. O‘tgan chorakda jami 403,1 mln. smartfon ishlab chiqarildi.

Bunga qaramasdan, iPhone savdosi uning birinchi sotuvga chiqqanidan beri 4.4 foizga pasayib, 2014 yil oktabr-dekabr oylarida smartfonlar bozoridagi Apple`ning ulushi 20.4 foizdan 17.7 foizga tushib ketdi. Umuman olganda 2015 yilda Apple o‘zining ulushini 15.4 foizdan 15.9 foizga oshirgan.

“Rivojlanayotgan mamlakatlardagi arzon smartfonlarga va premium smartfonlarga bo‘lgan kuchli talab asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lmoqda”, – deydi Gartner`ning tadqiqotlar bo‘yicha rahbari Anshul Gupta.

Dollarning kuchayishi ham Amerika ishlab chiqaruvchilariga, jumladan, Apple`ga ham, salbiy ta'sir ko‘rsatdi, deya davom ettirdi Gupta.

To‘rtinchi chorakda eng yuqori sotish ko‘rsatkichlarini (53 foiz) Xitoyning Huawei kompaniyasi ko‘rsatdi.

Smartfon ishlab chiqaruvchilar orasidagi yetakchi o‘rinni Samsung saqlab qolib, o‘z ulushini 19.9 foizdan 20.7 foizga oshirdi. Lekin 2015 yil natijalariga ko‘ra, umumiy jihatdan Samsung`ning sotish suratlari va bozordagi ulushi pasaygan.

“Premium smartfonlarining sotuvini pasaytirish va mijozlar sonini oshirish uchun Samsung iPhone`ga raqobatlasha oladigan flagman qurilmalarini taqdim etishi zarur bo‘ladi”, deb hisoblaydi Gupta.

Top