10:50 / 18.02.2016
7906

Jibutilik atlet yopiq inshootda 1000 m ga yugurish bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatdi

Jibutilik yengil atletikachi Ayanleh Sulaymon yopiq inshootlarda 1000 m ga yugurish bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatdi. Uning natijasi - 2 minut 14.20 sekundni tashkil etdi. Sulaymon bu natijaga Stokgolmdagi musobaqada erishdi

U bu natija bilan 2000 yil 20 fevralda 2.14,96 sekund bilan rekord qo‘ygan daniyalik Uilson Kipkaterni ortda qoldirdi.

Sulaymon 2013 yilgi jahon chempionati 800 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalarining bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Top