15:58 / 18.02.2016
4845

Olimlar ilk marta inson organlarini 3D-printerda chop qildi

Regenerativ meditsina mutaxassisi, mashhur jarroh Entoni Atala boshchiligida amerikalik tadqiqotchilar guruhi 3D-bioprinter yaratib, unda inson qulog‘i hamda suyak va mushak to‘qimalari namunalarini chop etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bundan tashqari chop etilganlarning natijasini kemiruvchilarga muvaffaqiyat bilan ko‘chirib o‘rnatishdi.

Ushbu g‘aroyib bioprinter kashfiyotchilari tez orada ushbu uskunadan inson tanasiga ham transplantatsiya qilish mumkin bo‘lgan a'zolar chop etish maqsadida foydalanishlariga ishonch bildirishmoqda.

Hayvonlar ustidagi tajriba muvaffaqiyatli o‘tgan, ikki haftadan keyin kalamushlarda yangi nerv to‘qimalari shakllana boshladi, suyak implantatlari esa qon tomirlari tizimini shakllantira oldi, lekin bunga bir necha oy vaqt kerak bo‘ldi.

Odamlar ustida bu tajribani qo‘llashdan avval bir necha yil sarflanishi mumkin.

“Keyingi yillar davomida bu sohada juda ko‘p ajoyib-g‘aroyib yutuqlarga guvoh bo‘lamiz. Bu xuddi ilmiy fantastikaga o‘xshaydi, lekin qanchadan qancha bemorlarning hayotini o‘zgartiradi”, deya ishonch bildirdi Karnegi-Mellon Universiteti biomeditsina injyeneri Adam Feynberg.

Top