18:00 / 18.02.2016
2454

Shayx Salmon FIFA prezidentligi uchun saylovda yutib chiqishiga shubha qilmayapti

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa FIFA prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonishini aytib o‘tdi. Bu haqda World Football Insider nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, shayx prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini olib tashlashi haqidagi xabarlarni inkor etgan. Shayxning saylovoldi kampaniyasi vakillari uni FIFA prezidentligi uchun saylovlarda favorit sanashmoqda.

Shayx Salmon FIFA rahbarligi uchun saylovlarda OFKning 46 va Afrikaning 54ta federatsiyalari aynan unga ovoz berishiga umid qilmoqda. Shuningdek u KONKAKAF va Sharqiy Yevropaning bir qator davlatlaridan yana qo‘shimcha 35ta ovoz to‘plashiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Salmondan tashqari UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali va FIFA sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan ham saylovlarda ishtirok etadi.

FIFA prezidentligi uchun saylovlar 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

OFK shayx Salmonni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlashi haqida rasman ma'lum qildi

Top