08:46 / 19.02.2016
3477

Yevropa ligasi. Angliya jamoalarida bironta g‘alaba yo‘q, Ispaniyaning barcha 4 jamoasi o‘z o‘yinlarida g‘alaba qildi

Yevropa ligasi 1/16 finali dastlabki o‘yinlari Angliya jamoalari uchun muvaffaqiyatsiz, Ispaniya jamoalari uchun esa o‘ta muvaffaqiyatli kechdi. «Liverpul» «Augsburg»ni yengolmadi, «Valensiya» yirik hisobda g‘alaba qildi.

Angliya
«MYu» Daniyaning «Midtyulland» jamoasidan 1:2 hisobida yengilgan bo‘lsa, «Tottenhem» «Fiorentina» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Angliyaning uchinchi vakili «Liverpul» esa Germaniyaga safar qilib, «Augsburg»ga qarshi o‘yinda gol ura olmadi - 0:0.

Augsburg Germaniya – Liverpul Angliya 0:0 (0:0, 0:0)
Augsburg – Xitts, Verxag, Yanker, Klavan, Stafilidis, Foylner, Kor, Essvayn, Xalil Altintop (Gu Chja Chxol, 87), Verner (Chji Don Von, 81), Bobadilya (Kayubi, 23).
Liverpul – Minole, Klayn, Ture, Sako, Moreno, Milner (Ayb, 81), Xenderson, Jan, Koutino, Firmino, Starridj (Oriji, 68).
Ogohlantirishlar: Yanker (20), Kor (59), Verner (73), Moreno (77), Foylner (90).

Fiorentina Italiya – Tottenhem Angliya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37, penalti Shadli, 1:1 – 59 Bernardeski.
Fiorentina – Teterushanu, Alonso, Tomovich, Astori, Rodriges, Blashchikovski (Kalinich, 62), Tino Kosta (Vesino, 67), Ilichich (Badel, 61), Valero, Bernardeski, Sarate.
Tottenxem – Vorm, Devis, Vimmer, Tripper, Alderveyreld, Alli, Eriksen, Shadli (Dayyer, 79), Kerroll (Dembele, 46), Meyson, Son Xyn Min (Keyn, 68).
Ogohlantirishlar: Astori (20), Alli (30), Devis (48), Dembele (67), Keyn (90).

Midtyulland Daniya – Manchester Yunayted Angliya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37 Depay, 1:1 – 44 Sisto, 2:1 – 77 Onuachu.
Midtyulland – Andersen, Remer, Bodurov, Xansen, Novak, Sisto, Sparv, Olsson, Xassan (Urenya, 67), Kadlets (Royyer, 85), Pushich (Onuachu, 60).
Manchester Yunayted – Romero, Makneyr, Lav, Smolling, Blind, Lingard, Mata (Pereyra, 78), Kerrik, Errera (Shnayderlin, 72), Depay, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Lav (60), Lingard (85), Smolling (90).

Germaniya
18 fevral oqshomida bo‘lib o‘tgan bahslarda Germaniyaning «Borussiya D» jamoasi «Portu»ni 2:0 hisobida yengdi. «Bayyer» safarda Portugaliyaning boshqa jamoasi «Sporting» ustida 1:0 hisobidagi g‘alabani qayd etdi. «Shalke» esa Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Borussiya D Germaniya – Portu Portugaliya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 6 Pishchek, 2:0 – 71 Roys.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Xummels, Shmeltser, Kagava (Ginter, 87), Shaxin (Lyaytner, 58), Mxitaryan, Vaygl, Roys (Pulishich, 87), Obameyang.
Portu – Kasilyas, Layyun, Martins Indi, Xose Anxel, Serjiu Oliveyra (Evandro, 76), Ruben Nevesh, Braimi (Andre Andre, 59), Errera, Varela, Abubakar (Xen Chjun Suk, 87), Marega.
Ogohlantirishlar: Varela (58), Xose Anxel (62), Evandro (78), Xen Chjun Suk (90).

Sporting Portugaliya – Bayyer Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 26 Belarabi.
Sporting – Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Koates (Everton, 73), Ruben Semedu, Jyefferson, Akvilani (Adriyen Silva, 62), Vilyam Karvalyu, Joau Mariu, Karlush Mane, Ruis, Guterres (Slimani, 62).
Bayyer – Leno, Yedvay (Xilbert, 85), Ta, Toprak, Vendell, Belarabi, Kramer, Chalxanoglu, Mexmedi (Xenrixs, 79), Kissling, Brandt (Papadopulos, 66).
Ogohlantirishlar: Yedvay (22), Mexmedi (30), Chalxanoglu (46), Ruben Semedu (58).
Chetlatish: Ruben Semedu (74).

Shaxter Ukraina – Shalke-04 Germaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Shaxter – Pyatov, Srna, Kucher, Rakitskiy, Ismaili, Malishev (Krivtsov, 90), Stepanenko, Marlos (Vellington Nem, 74), Kovalenko, Tayson (Eduardo, 79), Gladkiy.
Shalke-04 – Fermann, Kaysara, Matip, Noyshtedter, Kolashinats, Gorettska, Gays, Sane (Sem, 87), Belxanda (Xuntelar, 88), Mayyer (Shopf, 81), Shupo-Moting.
Ogohlantirishlar: Sane (77), Kucher (79), Gladkiy (84).
Chetlatish: Kucher (86).

Ispaniya
Ispaniya jamoalari turnirning bu bosqichida o‘ta oson g‘alabalarni qayd etishmoqda. Ispaniyaliklarning 4ta vakili ham xoh uyda, xoh safarda bo‘lsin g‘alabali o‘yinlar o‘tkazishdi. Xususan, omadsiz murabbiy sifatida ayblanayotgan Gari Nevill boshchiligidagi «Valensiya» o‘z maydonida Avstriyaning «Rapid Vena» jamoasi darvozasiga javobsiz 6ta gol yo‘lladi. «Sevilya» esa Norvegiyaning «Molde» jamoasini 3:0 hisobida yengdi. «Vilyarreal» Italiyaning turnir favoritlari sifatida baholanayotgan eng kuchli vakili «Napoli»ni 1:0 hisobida yenggan bo‘lsa, «Atletik» Fransiyaning «Marsel» jamoasi ustidan shu hisobda (1:0) g‘alaba qilib qaytdi.

Valensiya Ispaniya – Rapid Vena Avstriya 6:0 (5:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Santi Mina, 2:0 – 10 Parexo, 3:0 – 25 Santi Mina, 4:0 – 29 Negredo, 5:0 – 35 Andre Gomesh, 6:0 – 89 Rodrigo.
Valensiya – Rayan, Aderlan Santos, Gayya, Joau Kanselu (Barragan, 76), Ruben Vezu, Danilo, Parexo (Xavi Fuego, 59), Andre Gomesh (Rodrigo, 68), Pyatti, Santi Mina, Negredo.
Rapid Vena – Shtrebinger, Zonnlyaytner, Shtangl, Pavelich, Xofmann, Petsos, Shvab, Xofmann (Graxovats, 45), Shobesberger (Alar, 87), Kaynts (Murg, 46), Yelich.
Ogohlantirishlar: Shvab (57), Graxovats (64), Joau Kanselu (70), Petsos (76).

Sevilya Ispaniya – Melde Norvegiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 35 Lorente, 2:0 – 49 Lorente, 3:0 – 72 Gameyro.
Sevilya – Soriya, Kolodzeychak, Koke, Eskudero, Karrisu, Nzonzi, Kron-Deli (Konoplyanka, 73), Kristoforo (Iborra, 69), Banega, Vitolo, Lorente (Gameyro, 57).
Molde – Xorvat, Gabrilsen, Flu, Toyvio, Forren, Pate Diuf, Berg, Elyunussi (Xestad, 63), Eursnes (Svenssen, 80), Mostrem, Gulbrandsen (Agnaldo, 73).
Ogohlantirishlar: Gulbrandsen (10), Pate Diuf (12).

Vilyarreal Ispaniya – Napoli Italiya 1:0
Gol: 1:0 – 82 Suares.
Vilyarreal – Areolya, Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos (Kastilexo, 36), Trigeros (Pina, 73), Soriano, Suares, Baptistao (Bakambu, 61), Soldado.
Napoli – Reyna, Kirikesh, Strinich, Xyusay, Kulibali, Gabbyadini (Iguain, 67), Gamshik, Kalexon (Insine, 73), Lopes Silva (Allan, 83), Mertens, Valdifori.
Ogohlantirishlar: Valdifori (38), Kalexon (71), Insine (84), Musakko (86), Soldado (90).

Marsel Fransiya – Atletik Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 54 Aduris.
Marsel – Mandanda, Isla, Nkulu, Rolandu, Mankilo, Romao, Diarra, Alessandrini (Batshuayi, 59), Barrada (Toven, 59), Nkudu (Sarr, 82), Fletcher.
Atletik – Yago Errerin, De Markos, Echeyta, Laport, Balensiaga, San Xose, Eraso (Mikel Riko, 58), Benyat (Elustondo, 90), Inyaki Uilyams, Aduris, Sabin Merino (Boveda, 75).
Ogohlantirishlar: Benyat (60), Diarra (76), Balensiaga (82), Isla (89), Elustondo (90).

Boshqa o‘yinlar

Fransiyaning «Sent-Eten» jamoasi «Bazel»ni o‘z maydonida yengdi, Italiyaning «Latsio» jamoasi Turkiyadan, «Galatasaroy» jamoasi maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytgan bo‘lsa, Portugallar vakili «Braga» Shveytsariyaning «Son» jamoasini safarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Sent-Eten Fransiya – Bazel Shveytsariya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Sall, 2:0 – 39 Monne-Pake, 2:1 – 44 Samuel, 2:2 – 56, penalti Yanko, 3:2 – 77 Baebek.
Sent-Eten – Ryuffe, Pogba, Tabanu, Teofil-Katrin, Sall, Lemuan, Kleman (Pajo, 67), Monne-Pake (Amuma, 76), Koad, Tannane, Ru (Baebek, 72).
Bazel – Vatslik, Suxi, Safari, Lang, Samuel, Djaka, Dzuffi, Byarnason, Shteffen (Boetiyus, 65), Yanko, Embolo (Kalla, 89).
Ogohlantirishlar: Shteffen (25), Djaka (60), Tannane (60), Pajo (72), Samuel (74), Yanko (87).

Galatasaroy Turkiya – Latsio Italiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Sarioglu, 1:1 – 21 Milinkovich-Savich.
Galatasaray – Muslera, Denayyer, Gyunter, Balta, Karol (Adin, 71), Donk, Shedju, Sarioglu (Bulut, 78), Inan, Sneyder (Oztekin, 89), Podolski.
Latsio – Marketti, Konko, Maurisio, Xudt, Radu, Milinkovich-Savich, Bigliya, Parolo, Felipe Anderson (Kandreva, 58), Matri (Kloze, 69), Lulich (Mauri, 90).
Ogohlantirishlar: Donk (20), Parolo (59), Bigliya (77).

Son Shveytsariya – Braga Portugaliya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 13 Stoilkovich, 1:1 – 53 Konate, 1:2 – 61 Rafa Silva.
Son – Vanin, Ryufli, Lakrua (Assifua, 24), Tsigler, Jane, Salatich, Ndoyye, Bia (Follone, 70), Fernandesh, Karlitush, Konate (Gekas, 77).
Braga – Mateus, Eduardu, Boli, Ande Pintu, Bayano, Alan (Pedru Santush, 66), Luis Karlos, Vukchevich, Rafa Silva, Stoilkovich (Rikardu Ferreyra, 90), Axmed Xassan (Jozue, 84).
Ogohlantirishlar: Vukchevich (19), Fernandesh (20), Karlitush (71).
Chetlatish: Vukchevich (89).

Anderlext Belgiya – Olimpiakos Gretsiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 67 Mbodj.
Anderlext – Proto, Desxaxt, Mbodj, Byuttner (Nyuytink, 89), Naxar, Defur (Suares, 89), Badji, Djurichich (Tilemans, 74), Prat, Achimpong, Okaka Chuka.
Olimpiakos – Roberto, Botia, da Koshta, Masuaku, Salino, Milivoyevich, Zdelar (Kasami, 69), Fortunis, Durmaz (Dominges, 84), Seba (Pulido, 81), Ideyye.
Ogohlantirishlar: Salino (4), Defur (24), Zdelar (34), Desxaxt (54), da Koshta (58), Seba (66), Masuaku (82).

Sparta Praga Chexiya – Krasnodar Rossiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 64 Yulish.
Sparta Praga – Bichik, Zagustel, Golek, Brabets, Nxamoynesu, Marechek, Vaxa, Fatai (Irachek, 89), Dochkal (Mateyovski, 80), Kreychi, Yulish (Konate, 78).
Krasnodar – Dikan, Kaleshin, Sigurdsson, Grankvist, Petrov, Mamayev, Odil Ahmedov, Pereyra (Gazinskiy, 66), Smolov (Vanderson, 68), Ari, Joaozino (Bistrov, 82).
Ogohlantirishlar: Kaleshin (30), Mamayev (67), Brabets (90).

Top