21:19 / 19.02.2016
2749

Jyeyms Bondning «Spektr» filmidagi Aston Martin avtomobili 3,5 mln dollarga sotildi

Londondagi Christie’s kimoshdi savdosi uyida Jyeyms Bond haqidagi filmlarning 24-si bo‘lgan «007: Spektr» filmidagi Aston Martin DB10 rusumli avtomobil sotildi. Bu haqda RNS xabar bergan.

Xabarda aytilishicha film uchun maxsus tayyorlangan bu mashina 3,5 million dollarga sotilgan. Uning boshlang‘ich bahosi sifatida 1,4 mln dollar belgilangandi.

Ushbu kumushrang avtomobil o‘z egasini topishi uchun kim oshdi savdosi jarayoni kamida 5 daqiqa davom etgani qayd etilgan.

Ushbu auksion vaqtida Deniel Kreygning qahramoni kiygan smoking 140,7 ming dollarga baholangan.

Ma'lumot uchun, film qahramoni, britaniyalik agent Jyeyms Bondning Aston Martin DB10 rusumli avtomobilida 4,7 litr hajmdagi V8 benzinli dvigatel o‘rnatilgan. Mashina soatiga 306 kilometrgacha bo‘lgan tezlikda yura oladi.

Top