10:50 / 19.02.2016
2079

Obama «Chikago» xokkeychilarini Oq uyda qabul qildi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘tgan yil yakunida Stenli Kubogi finalida g‘olib bo‘lgan «Chikago» jamoasi xokkeychilarini Oq uyga tabrikladi. Bu haqda MXL saytida ma'lum qilingan.

«Chikago» xokkeychilari Oq uydagi qabul marosimida ishtirok etishgan.

«Chikago» jamoasi xo‘jayini Roki Uirts prezidentga jamoaning maxsus futbolkasini topshirgan va unga jamoaning uy stadioni bo‘lmish United Centre arenasidan doimiyga joy band qilib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Stenli Kubogi finalida «Chikago» 6ta o‘yin natijasiga ko‘ra «Tampu-Bey» jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Top