14:15 / 19.02.2016
3168

Ronaldo: Levandovski, Suares va Benzema - zamonaviy futbolning eng kuchli hujumchilari

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo kimlarni zamonaviy futbolning eng kuchli hujumchilari sifatida bilishini aytib o‘tdi.

«Ayni vaqtda dunyoning eng kuchli hujumchisi? Men faqat bir kishining nomini ayta olmayman. Ular - Robert Levandovski, Luis Suares va Karim Benzema. Men uchun ularning barchasini bir saviyada deb bilaman.

Men bilan birga o‘ynagan eng kuchli futbolchilar borasida alohida kimnidir ajratib ko‘rsatish qiyin. Men dunyoning eng kuchli o‘yinchilari bilan bir davrda birga to‘p surganman.

Shunday ekan, butun boshli ro‘yxat tuzishim va shunda ham adashib ketishim mumkin. Chunki mening do‘stlarim va jahon chempionlarining barchasi unga sig‘may qoladi. Xayolga ilk bor Nesta, Zanetti, Pirlo, Maldini, Figu, Raul, Badjo va Stoichkov nomlari kelmoqda.

Yana ko‘plab juda kuchli futbolchilar bor. Ular bilan turli klublarda va Braziliya terma jamoasida birga o‘ynaganman. Ko‘rish mumkinki, bu yulduzli futbolchilarning uzun ro‘yxati tugamaydi», deydi Ronaldo.

Top