11:29 / 19.02.2016
3364

AQSh sudi Apple‘ga 26 fevralgacha muhlat berdi

Kaliforniyalik merganning telefoni qulfini ochish masalada Apple kompaniyasi sudga 26 fevral kuni kuni oxirgi javobini berishi lozim bo‘ladi.

AQSh hukumati "san-bernardinolik mergan" Said Rizvon Faruqning telefonini ochib berish talabi bilan sudga murojaat qilgan.

"Sud Apple`ga besh kun muddat bergan edi, endi bu muhlatga uch kun qo‘shib berildi", deya xabar qiladi CNBC telekanali.

Apple`ning avvalgi rad javobini Twitter va Facebook qo‘llab-quvvatlagan, keyinroq Google rahbari Sundar Pichai ham Tim Kukka qat'iyati uchun o‘z hurmatini izhor qilgan edi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi imkoniyatlari cheklanganlar markazi hududida bo‘lib o‘tgan otishmada 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi yaralangan. Otishmada ikki jinoyatchi - Said Rizvon Faruq va uning turmush o‘rtog‘i Tashfen Malik ishtirok etgan. FQB erkakning telefonini ochishga urinmoqda.

Top