19:57 / 20.02.2016
11814

AQShda ayol loviya bankasida ilon boshini topib oldi

AQShning Yuta shtatida yashovchi ayol Western Family kompaniyasining loviya bankasi ichida ilonning chopilgan boshini topib oldi, deb xabar bermoqda Huffington Post nashri.

Troy Uolker ismli bu ayol Farmington cherkovidagi dindorlar bilan birga tushlik tayyorlayotganda Fancy green beans deb nomlangan loviya bankasida bunday "topilma"ni aniqladi.

Ayol dastlab bu yaroqsiz loviya bo‘lagi deb o‘ylagan, biroq ilon boshi ekanligini anglagach, baqirib yuborgan.

Ayol ilon boshini do‘konga olib borib, sotib olgan 30 ta loviya bankasi uchun to‘lagan butun pulni qaytib oldi. Biroq ayol kimgadir ilonning boshsiz tanasi chiqib qolishidan xavotirlanmoqda.

Top