08:40 / 20.02.2016
4181

Benites bergan intervyusi tufayli «Real»dan olishi kerak bo‘lgan tovon pulining qolgan qismidan mahrum bo‘lishi mumkin

Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites o‘zaro kelishuvning bir bandini (jim turish - tahririyat) sobiq jamoasi «Real»dan olishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha tovon pulidan mahrum bo‘lishi mumkin.

55 yoshli murabbiy «Real»ning YeChL nimchorak finalida «Roma»ga qarshi o‘yini arafasida BT Sport nashriga intervyu bergan va jamoa prezidenti Florentino Peresning murabbiylarni o‘zgartiraverish bo‘yicha siyosatini tanqid ostiga olgandi.

Bu orqali u 2016 yilning 4 yanvarida madridliklar jamoasi bilan shartnomaning to‘xtatilishi bo‘yicha o‘zaro kelishuvning bir bandiga, ya'ni 2016 yilning 1 iyuliga qadar o‘zining ishdan ketishi jarayoni bo‘yicha ma'lumotlarni bayon qilmaslik haqidagi bandga rioya qilmadi.

O‘zaro shartnomaning muddatidan oldin buzilishi evaziga Benites 4 mln yevro tovon puli olgan. U bilan 3 yillik shartnoma 1 yilga ham davom etmagani uchun yana qo‘shimcha tovon to‘lanishi ham kerak edi.

Endilikda Benites "jim turish" bandiga rioya qilmagani uchun qo‘shimcha pullardan mahrum bo‘lgani aytiladi As nashrining El Economista manbasiga asoslangan xabarida.

«Rafa «Real»dan olishi kerak bo‘lgan pulni olib bo‘lgan», – deya bu bo‘yicha savolga javob bergan Benitesning agenti Manuel Garsiya Kilon.

Qayd etish kerakki, «Real»ning avvalgi murabbiylari – Joze Mourino va Karlo Anchelotti bilan shartnoma bekor qilinganida ham shunday shart qo‘yilgandi.

Benites: "Real" murabbiylar almashtirish bilan band vaqtda "Barselona" turnirlarni yutish bilan band

Top