20:25 / 20.02.2016
3912

Blatter jahon chempionati mezbonligini sotib olishning iloji yo‘qligini aytdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterning qayd etishicha, Qatar 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligini halol yo‘l bilan qo‘lga kiritgan. U mundialning bu davlatda o‘tishini ta'minlash uchun o‘zi tomonidan hech qanaqa jinoiy javobgarlikka olib keladigan harakat sodir etilmaganini ta'kidlagan.

"Men dunyoda adolat hali ham borligiga ishonchimni yo‘qotmadim. Men jinoiy javobgarlikka tortilishimga olib keladigan hech qanaqa ish sodir etmaganman. Hech kim jahon chempionati mezbonligini sotib ololmaydi ham. Bu jarayon oliymaqom doiralarda hal qilinadi.

Men hech kimni o‘ldirmadim, bankni o‘marganim yo‘q, birovning pulini tortib olmaganman ham", deydi Blatter The Times nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Yozef Blatter FIFA Axloq qo‘mitasi tomonidan 8 yilga futboldan chetlashtirilgan.

Blatter: Qatarning JCh-2022 mezboni bo‘lishini Fransiya hal qilgan

Top