09:18 / 20.02.2016
3019

Yevrokomissiya raisi yevro Yevropa Ittifoqi valyutasi bo‘lib qolishini aytdi

Yevro pul birligi Yevropa Ittifoqi valyutasi bo‘lib qoladi, uni hech kim cheklab qo‘ya olmaydi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligini saqlab qolish bo‘yicha islohotlarni muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi sammiti natijalariga ko‘ra aytib o‘tdi.

"Yevro Yevropa Ittifoqi valyutasi bo‘lib qoladi, uni hech kim cheklab qo‘ya olmaydi. Biroq Yevropa Ittifoqi bu valyutani qabul qilish-qilmaslikni tanlashi mumkin", deb aytdi Yunker.

Top