10:46 / 20.02.2016
2492

Fransiyalik fristayler Pxyonchxandagi sloupstayl trassasini namoyish qildi

2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga da'vogarlik qilayotgan 19 yoshli fransiyalik fristayler Ugo Lojye navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlari mezboni – Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahridagi sloupstayl trassasini namoyish qildi va qishki sport turlaridan eng chiroylilaridan biri bo‘lgan sloupstayl bilan yaqindan tanishishga imkon berdi.

Sloupstayl fristayl, snoubord, mauntinbording qishki sport turlari bo‘yicha musobaqalar turi bo‘lib, trassa bo‘ylab joylashgan turli to‘siqlar – tramplinlar, piramidalar, kontr-qiyaliklar, droplarda akrobatik sakrashlar seriyasini bajarishdan iborat.

Pxyonchxandagi 2018 yilgi XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top