12:40 / 20.02.2016
3847

Luis Enrike: Futbolchilar penaltidan gol ura olishmayaptimi? Unda darvozani kattalashtirish kerak

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchilarning penaltidan foydalana olmayotgani haqidagi savolga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

– Foydalanilmayotgan penaltilar borasida nima deya olasiz?

– Darvozalarni xuddi regbi darvozasi kabi katta qilish kerak. Jiddiy aytadigan bo‘lsam, o‘yinimizning boshqa jihatlari bilan birga penaltilar seriyasi ustida ham ishlashimiz kerak.

– Jamoaning eyforiya holati sizni bezovta qilmayaptimi?

– Agar men buni jamoaning ichida, kiyinish xonasida ko‘rganimda, bundan xavotir olardim, bunday holat yo‘q. Jamoamiz aniq maqsadlarga o‘z e'tiborini qaratgan. Biz o‘tgan yilgi natijalarni takrorlashga harakat qilamiz. Xavotirli narsani ko‘rmayapman. O‘yinchilar g‘alaba qozonishda davom etish qiyinligini bilishadi, – deydi Luis Enrike.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada hujumchi Luis Suares Ispaniya chempionatining 16 turining qoldiriligan o‘yinida (3:1 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan «Sporting Xixon»ga qarshi uchrashuv - tahririyat) penaltidan gol ura olmadi. Qolaversa, jamoaning boshqa hujumchilari Messi va Neymar ham oxirgi vaqtdarda penaltini xato bajarishni "odat qilishgan". Xususan, Messi o‘zi oxirgi 16ta penaltisidan 7tasida gol ura olmagan.

Top