16:48 / 20.02.2016
11581

Namanganda hafta davomidagi uchinchi zilzila qayd etildi

Bugun, 20 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 03:13da namanganliklar navbatdagi zilzila kuchini sezishgan.

Qayd etish kerakki, bu oxirgi hafta mobaynida Namangan viloyati hududida uchinchi marta zilzila ro‘y berishi bo‘ldi. Bugungi zilzila kuchi 4,5 ballga yaqinni tashkil qilgani aytilgan.

Zilzilaning markazi O‘zbekiston hududida, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida, Qozog‘istonning Olmaota shahridan 487 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Yevropa-O‘rta Osiyo seysmologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 4 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi esa 4,2 ballni tashkil qilgan.

Top