17:52 / 20.02.2016
2613

Si Tszinpin: Xitoydagi rasmiy OAV voqealarni "pozitiv" tomondan yoritishi kerak

Xitoydagi ommaviy axborot vositalari Xitoy Kompartiyasi yo‘nalishidan chiqmasliklari va voqealarni "pozitiv" yoritishlari kerak. "Jizmin jibao" gazetasi yozishicha bu haqda XXR raisi Si Tszinpin fikr bildirgan.

"Xitoy kompartiyasi boshqaruvi ostida bo‘lgan barcha OAV kompartiya xohish va takliflarini yetkazishi, partiyaning obro‘sini himoya qilishi kerak", deydi XXR raisi Xitoy yetakchi OAV shtab-kvartiralariga tashrifidan keyin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat OAVi "Kompartiya siyosiy qarashlari va partiya mafkurasi bo‘yicha xabardorligini oshirishi kerak".

"Muxbirlar Kompartiya siyosati va ilgari surilgan takliflarni yoyishlari uchun, juranilistlar o‘rtasida marksistcha jurnalistikani o‘rganish rag‘batlantirilishi kerak", deb ta'kidlaydi Xitoy rahbari.

"OAV muammolar va ijtimoiy kasalliklarga qarshi chiqib, yaxshilikni tarqatib, yomonlikni ayblamog‘i kerak", - deydi Si Tszinpin.

Xitoy lideri o‘z chiqishida baholovchi ma'lumotlarni tayyorlashda aniq faktlar va obektiv analizlarni keltirishlar juda muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Top