23:38 / 21.02.2016
6913

Bolgariya o‘z hududidan Turkiya attashesini chiqarib yubordi

Bolgariyaning Burgasa shahridagi Turkiyaning bosh konsulligi attashesi Ugur Emiro‘g‘lu Bolgariyada nomaqbul shaxs, ya'ni persona non grata deb topildi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Diplomatik doiralardagi manbalarning aytishicha, Emiro‘g‘lu ijtimoiy masalalar bo‘yicha attashe sifatida akkreditlangan bo‘lgan. Biroq u aksariyat vaqti davomida diniy faoliyat bilan shug‘ullangan va bolgar imomlarini o‘qitgan.

Bundan tashqari, attashe siyosiy partiyalardan birining a'zolariga bosim o‘tkazganlikda ayblanmoqda, bu esa Bolgariyadagi siyosiy jarayonlarga qo‘pol aralashish hisoblanadi.

TASSning ta'kidlashicha, Bolgariya tashqi ishlar vaziri bu ma'lumotga izoh bermagan.

Top