15:55 / 21.02.2016
2548

Guus Xiddink: «Siti» ketma-ket mag‘lubiyatlarga ko‘nmaydi, biz hushyor bo‘lishimiz kerak»

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Guus Xiddink bugun Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan o‘yin arafasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

U raqib APLda keyingi 2 o‘yinni yutqazgani va shuning uchun ketma-ket uchinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga rozi bo‘lmasligi uchun oldindagi o‘yin o‘ta qiyin kechishi kutilayotganini aytib o‘tdi.

«Keyingi o‘yinlarda ularning ishi yurishmadi. Lekin bu kabi kuchli jamoalar hamisha jangga chiqa olishadi. Kuchli jamoalar ketma-ket mag‘lubiyatlarga rozi bo‘lishmaydi. Shuning uchun bu o‘yinda bizga oson bo‘lmasligi tayin. Biz hushyor harakat qilishimiz zarur.

Agan «Manchester Siti» ko‘rsatayotgan o‘yinlarga e'tibor qaratsak, ularda tor hududlarda ham imkon topa oladigan mohir futbolchilar borligini ko‘ramiz. Jamoa to‘p nazoratini qo‘lga olsa, raqibni osongina yengadi.

Biz ham o‘yinga tarkibdagi sezilarli o‘zgarishlar bilan tushamiz. Biz Angliya Kubogiga hurmat bilan munosabatdamiz, har bir o‘yinga jismonan tayyor futbolchilar tushirilishi kerak.

Men Kubok o‘yinlarini haftaning o‘rtasida, Angliya chempionati o‘yinlarini esa haftaning dam olish kunlarida o‘tkazish tarafdoriman. Yarim final va final o‘yinlarini dam olish kunlariga qo‘yishga esa qarshi bo‘lmasdim.

Albatta hozir bizda Yevropadagi boshqa grand jamoalardagi kabi tig‘iz grafik yuzaga kelgan. Faqat bir turnirda ishtirok etuvchi jamoalarda esa yaxshi imkoniyat paydo bo‘lgan va ular natijalarini yaxshilashlari mumkin.

Faqat katta jamoalar haqida o‘ylamang. Bunday klublar bilan o‘ynashga ikki karra ishtiyoq bilan maydonga tushadigan boshqa jamoalar ham borligini unutmang. Angliya Kubogi shunday jamoalarga imkon beradigan ajoyib turnir», – deya qayd etadi Xiddink.

Top