08:45 / 21.02.2016
3519

Jon Lennonning 10 sm lik soch tutami 35 ming dollarga sotildi

Afsonaviy The Beatles guruhining yetakchisi, marhum Jon Lennonning bir soch tutami Dallasdagi auksionda 35 ming dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Daily news nashri.

10 sm lik soch tutamining boshlang‘ich narxi 10 ming dollarga baholangandi, biroq savdolar paytida uning narxi 35 ming dollargacha ko‘tarildi.

Auktsion vakillarining aytishicha, 1967 yilda nemis sartaroshi Klaus Baruk tomonidan qo‘shiqchidan kesib olingan bu soch tutami qo‘shiqchining auksionlarga savdoga qo‘yilgan eng uzun soch tutami hisoblanadi.

Top