10:32 / 21.02.2016
5903

Neymar: «Men Ronalduning muxlisiman. U «Barselona»ga kelsa xursand bo‘lardim»

«Barselona» jamoasi hujumchisi Neymar «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynashni istashi haqida, shuningdek o‘zi hurmat qiladigan murabbiylar to‘g‘risida fikr bildirdi.

«Men Ronalduning muxlisiman. U haqiqiy yulduz futbolchi. Agar u «Barselona»ga kelsa va biz jamoadosh bo‘lib to‘p sursak ajoyib bo‘lardi.

Men Gvardiola va Mourinoning ham muxlisiman. Ko‘p yillardan buyon ularning faoliyatini kuzatib boraman. Ayni vaqtda esa mening murabbiyim Luis Enrike va men «Barselona» uchun o‘ynayapman», – deydi Neymar.

Top