19:51 / 21.02.2016
3090

Rim papasi butun dunyoda o‘lim jazosini taqiqlashga chaqirdi

Rim papasi Frantsisk barcha davlatlar hukumatlarini o‘lim jazosining to‘liq bekor qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Men o‘lim jazosining bekor qilinishi bo‘yicha xalqaro kelishuvga erishilishi uchun hukmdorlarning vijdoniga murojaat qilmoqchiman. Va ulardan katolik bo‘lganlariga bu rahm-shafqat yili birorta ham o‘lim jazosi ijro etilmasligi uchun mardonavor va namoyishkorona ish qilishlarini taklif qilaman", deb aytdi pontifik har yakshanba kuni o‘tkaziladigan Angelus ma'ruzasi davomida.

Ta'kidlanishicha, papaning bu gaplari Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida yig‘ilgan dindorlarning guldiros qarsaklari bilan kutib olindi. "Ertaga Rimda "O‘lim jazosisiz dunyo uchun" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi. Umid qilamanki, bu anjuman o‘lim jazosining bekor qilinishiga yangi impuls beradi", deb aytdi Rim papasi.

Top