08:34 / 21.02.2016
2962

San-bernardinolik terrorchining Apple’dagi akkaunti paroli FQB iltimosi bilan o‘zgartirildi

AQShning San-Bernardino okrugi hokimiyati o‘zining tvitterida 2015 yil dekabrda bu okrugda terakt sodir etgan terrorchilardan birining iCloud bulutli saqlagichidagi Apple-akkauntdagi paroli Federal qidiruvlar byurosi iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilganini ma'lum qildi.

"San-Bernardino okrugi FQB bilan hamkorlikka bordi va uning iltimosi bilan iCloud bulutli saqlagichidagi terrorchiga tegishli parolni o‘zgartirdi", deyilmoqda xabarda.

FQB ayni vaqtda bu xabarga hech qanday izoh bermadi.

Top