17:31 / 21.02.2016
5238

Spaletti Tottini tarkibdan chiqardi va uyiga jo‘natib yubordi

"Roma" jamoasi bosh murabbiy Luchano Spaletti jamoaning tajribali hujumchisi Franchesko Tottini Italiya chempionatining 26 turi doirasidagi "Palermo"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi va unga uyiga ketishi mumkinligini bildirdi.

56 yoshli murabbiy 39 yoshni qarshilagan futbolchining bundan oldinroq jurnalistlarga o‘ziga jamoada yaxshi munosabat ko‘rsatilmayotganidan norozi bo‘lib bergan intervyusidan jahli chiqqani uchun shunday yo‘l tutgani aytilmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Totti shundan so‘ng narsalarini yig‘ishtirgan va jamoadoshlari bilan xayrlashib, uyiga qaytib ketgan.

Franchesko Totti: Vaziyat o‘zgarmasa «Roma»da qola olmayman

Top