14:46 / 21.02.2016
11398

Toshkent shahrida Afg‘onistondagi zilzila ta'siri sezildi

Bugun, 21 fevral kuni soat 14:13da Toshkent shahri aholisi kuchsiz zilzilani sezishdi.

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi xabariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda, Hindikush viloyati hududida, Afg‘oniston poytaxti Kobuldan 262 km shimoli-g‘arbda, Faydzobod shahridan 57 km janubda va Jarm shahridan 29 km janubi-g‘arbda 174 kilometr chuqurlikda joylashgan. Magnitudasi 5,5 ga teng bo‘lgan.

Bu zilzila Toshkent shahrida taxminan 2 ball darajasida sezilgan.

Top