16:21 / 21.02.2016
2533

Xitoy janubida yirik yong‘in ro‘y berishi natijasida 60ta uy vayron bo‘ldi

21 fevralga o‘tar kechasi Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou viloyati, Ventsyuan uyezdida joylashgan Tszyanxe qishlog‘ida yirik yong‘in ro‘y berishi tufayli 60ta uy yonib ketdi va 120 kishi bu yong‘indan jabrlandi.

Bu yong‘in 20 fevral oqshomida boshlanib, 5 soat davom etgan. Dastlabki ma'lumotlarda 60ta uy yongani, yong‘in arafasida ularning 30tasida hech kim bo‘lmagani aytilgan.

Hodisaning to‘liq talofatlari hali o‘rnatilmagan.

Ayni vaqtda yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Top