14:46 / 22.02.2016
4408

Dmitriy Shokin Rio-de-Janeyroda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha eng og‘ir vazndagi sportchilar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan test turnirida ishtirok etdi va g‘olib chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilgan.

"Dmitriy Shokin Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan test turnirida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana bir bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi", deyiladi xabarda.

Olimpiadaga yo‘llanma olgan taekvondochilar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqada Dmitriy Shokin olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan.

Top