17:08 / 22.02.2016
8118

Dubayda qalin tuman: 3 soat ichida 136ta baxtsiz hodisa ro‘y berdi

Dubay politsiyasi va nazorat qilish markazi 21 fevral kuni, tonggi soat 6dan 9gacha bo‘lgan vaqt orasida 810ta qo‘ng‘iroqni qabul qilgan.

Unga ko‘ra, shaharda yakshanba kuni tongda tuman tufayli 136ta transport hodisasi qayd etilgan. Bu baxtsiz hodisalar yengil va o‘rta darajada bo‘lib, Dubayning turli qismlarida sodir bo‘lgan.

Dubay politsiyasining operatsiyalar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Umar Abdulaziz Al-Shamsiy haydovchi va yo‘lovchilardan mamlakatda ob-havo o‘zgarishi kuzatilayotgani sabab, ayniqsa, tuman hududlarda ehtiyot bo‘lib harakatlanishni so‘ragan. U haydovchilarga yo‘lga chiqishdan avval, mashinaning barcha ehtiyot qismlari, eshik, oyna va fonus chiroqlari ishlayotganiga ishonch hosil qilishlarini maslahat berdi. Qo‘shimcha sifatida, mashinalar orasida uzoq masofa saqlab harakatlanish kerakligini ta'kidladi.

Dubayda tumanli ob-havo. Nega bu muammo emas?
“Yo‘llardagi asosiy xavf-xatarga birgina tuman emas, balki tumanli havoda mashina boshqarayotgan haydovchilar ham sabab bo‘lmoqda”, – deydi Dubay fuqarosi.

Ichki ishlar vazirligi va Dubay politsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan ogohlantirishga qaramay, ko‘pgina haydovchilar tuman chog‘ida qoidalarga rioya qilishmayapti.

Top