08:48 / 22.02.2016
2217

«Feyyenoord» muxlislari uyushtirgan namoyishdan so‘ng 200ga yaqin kishi hibsga olindi

Gollandiya chempionatining 24-turida «Feyyenoord»ning «Roda»ga qarshi uy uchrashuvidan keyin (1:1) jamoa muxlislari rahbariyatga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Rotterdamlik muxlislar jamoa rahbariyatidan qoniqarsiz natijalar tufayli iste'fo talab qilishgan. Jamoaning keyingi 9 uchrashuvida 7ta mag‘lubiyat va 2ta durang qayd etildi va «Feyyenoord» ayni vaqtda 24 turdan keyin 37 ochko bilan yettinchi o‘rinda (birinchi o‘rindagi PSVdan 22 ochko kam) bormoqda.

NOS telekanali xabariga ko‘ra, bu namoyishdan 1000dan ortiq kishi qatnashgan.

Top