08:43 / 22.02.2016
2603

Fijiga yopirilgan to‘fon qurbonlari soni 10 kishiga yetdi

Tinch okeanidagi Fiji orollariga yopirilgan "Uinston" tropik to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, orollarda chekka qishloqlar hududlari kuchli talofat ko‘rgan, kommunikatsiya vositalari shikastlangan.

To‘fonga eng yuqori xavflilik darajasi – 5-daraja berildi. Mamlakatda 30 kunlik favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi.

Qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda. Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumati Fiji aholisiga oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.

Top