19:21 / 22.02.2016
4738

Internetda yangi Mercedes-Benz C-Class kabrioletining suratlari paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda yaqinda taqdimoti bo‘lib o‘tuvchi Mercedes-Benz C-Class kabrioleti tushirilgan video paydo bo‘ldi. Kuzatuvchilar mashinani “Mercedes” korxonasi yaqinida tasvirga olishga ulgurishgan. Yangi avtomobilning ilk taqdimoti 29 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 

Kuzatuvchi-ayg‘oqchilar mashinaning olddan ko‘rinishini suratga olishga ulgurishmadi. Lekin ular kabrioletni ikki xil rangida – kulrang va ko‘k rangida suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ikkala mashina ham yumshoq bukilgan tepa qismdan iborat.

Avvalroq “Mercedes” endilikda tom qismi qattiq bo‘lgan mashinalar talqinini ishlab chiqarmasligi haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, “Mersedes” C-Class kabrioletining rasmiy tizerlarini e'lon qilgan edi. Unda AirCap va AirScarf tizimlari ishlashi aytib o‘tilgan. Ulardan biri old oyna ustida ko‘tariluvchi maxsus soyabon va shovqin darajasini pasaytiruvchi vazifasini bajarsa, ikkinchisi o‘ziga xos “havo sharfi” sifatida havo oqimini bo‘yinlar atrofidan aylantirishga xizmat qiladi.

Mercedes-Benz C-Class kabrioletining asosiy taqdimoti 3 mart kuni ochiladigan Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Top