13:44 / 22.02.2016
4531

Yatsenyuk Yevromaydon borasidagi umidlarning chippakka chiqishida o‘z aybi borligini tan oldi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukrainaning "nomus revolyutsiya"sidan kutilgan natijalar bo‘lmaganida o‘z aybi ham borligini tan oldi, - deya xabar beradi "Ukrinform".

"Albatta biz Ukraina xalqi umid qilgan barcha natijalarga erishmadik. Bu yerda mening ham aybim borligini tan olaman", - deydi u.

Uning gaplariga ko‘ra, shu ikki yil davomida Ukraina Rossiyadan chindan ham mustaqil bo‘la olgan. Vazirning ta'kidlashicha shu 24 oy ichida "tub o‘zgarish"lar bo‘lgani sabab, Ukraina "chinakam mustaqil davlat"ga aylandi.

"Oldinlari biz Rossiya Federatsiyasining tashqi boshqaruvida edik", - ta'kidlaydi Yatsenyuk.

"Endilikda Ukraina Rossiyaga "na gaz, na iqtisod, na siyosat" bo‘yicha qaram emas", - deya qo‘shimcha qiladi u.

Bundan oldin berilgan xabarda, Arseniy Yatsenyuk "Naftogaz" energetika kompaniyasi kuzatuv majlisiga, o‘ziga yaqin ukrainalik oligarxlar, Igor Kolomoyskiy va Rinat Axmetovni tayinlamoqchiligi aytilgandi.

Top