17:33 / 23.02.2016
3576

Anons: Bugun YeChLning nimchorak finalida «Arsenal» «Barselona»ni, «Yuventus» esa «Bavariya»ni qabul qiladi

Bugun, 23 fevral oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi eng shiddatli 2 uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Nimchorak bosqichida o‘tgan yilning kuzidagi guruh bosqichida o‘z guruhlarida 1 va 2 o‘rinlarni egallagan jamoalardan tuzilgan juftliklar o‘zaro bahs olib boradi.

Ularning biri London shahrida, ikkinchisi esa Turinda bo‘lib o‘tadi.

Keyingi yillarda turnir pley-offida ko‘p marta to‘qnash kelgan «Arsenal» «Barselona»ga qarshi, o‘tgan mavsum vitse-chempioni «Yuventus» esa Germaniya giganti «Bavariya»ga qarshi chiqadi.

Arsenal - Barselona

Arsen Venger: «Barselona» hujum uchligiga qarshi butun jamoa bo‘lib harakatlanishimiz zarur

«Barselona» prezidenti: APL — eng yaxshi futbol turniri, bu esa bizni xavotirga soladi

Suares «Arsenal»ga qarshi o‘tadigan o‘yin uchun Londonga uchish oldidan pasportini uyda unutib qoldirdi

Luis Enrike: «O‘yindan oldin Messi, Suares va Neymarga qarab „Abrakadabra“ deyman va afsun o‘z kuchini ko‘rsata boshlaydi»

Olive Jiru: «Barselona» dunyoning eng kuchli jamoasi. Lekin bizning saviyamiz ularning yengishga imkon beradi

Yuventus - Bavariya

Massimiliano Allegri: «Yuventus» «Bavariya»ni to‘psiz qoldirishga harakat qiladi

Gvardiola: «Yuventus» standart vaziyatlardan unumli foydalanish borasida Yevropadagi eng kuchli jamoa»

Buffon: «Bavariya»ga qarshi o‘yinga 3 yil oldingidan ko‘ra o‘zimizga ko‘proq ishonch bilan tushamiz»

Noyyer: Buffon — o‘rnak olish uchun eng zo‘r namuna

Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00.45da boshlanadi.

Top