17:33 / 23.02.2016
2197

Honda Motor kompaniyasi bosh direktori iste'foga chiqmoqda

Takaxiro Xatigo Honda Motor kompaniyasi raisligidan ketmoqda. 

Rahbar bilan birgalikda yana to‘qqiz top-menejyerlar, jumladan, moliya direktori Fumixiko Ayka va kompaniya ijrochi vitse-prezidenti Tetsuo Ivamura ham iste'foga chiqayotganlari haqida ma'lum qildilar.

Xodimlarning bunday qarorga kelishlariga Takata xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq mashmashalar asos bo‘lgan. Avariya holatida xavfsizlik yostiqchalari – o‘z vazifalarini aksincha bajarib - haddan ortiq kuch bilan ochilib, 11 odamning halok bo‘lishi va 100 ortiq odamning jarohat olishiga sabab bo‘lgan edi.

Takata xavfsizlik yostiqchalari sabab butun dunyo bo‘yicha jami 25 millionga yaqin mashina kompaniyaga qaytarilgan.

Top