11:22 / 23.02.2016
19932

«Ming bir kecha» kitobi qayta nashr qilindi

Arab xalq ertaklari jamlangan «Ming bir kecha» kitobi «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan qayta nashr etildi. Ertaklar asosan nasrda yozilib, she'riy parchalar bilan boyitilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Mazkur kitob sakkiz jilddan iborat bo‘lib, besh ming nusxada chop etilgan. Asarning nasrda yozilgan qismlari S.Mutallibov, A.Rasulov, U.Karimov, Yu.Hakimjonov, A.Irisov, she'riy misralar esa S.Abdulla, Sh.Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan. Kitobdagi rasm va bezaklar rassom-dizayner Behzod Zufarov tomonidan ishlangan.

Top