23:23 / 23.02.2016
2955

Oppo kompaniyasi 15 daqiqa ichida quvvatlanuvchi smartfon batareyasini taqdim etdi

Oppo kompaniyasi 23 fevral kuni Barselonada bo‘lib o‘tayotgan MWC 2016 ko‘rgazmasi doirasida SuperVOOC texnologiyasi bo‘yicha ishlangan, 15 daqiqa ichida quvvatlanuvchi 2500 mA/s smartfon batareyasini taqdim etdi.

Lekin qurilmalarga ulash uchun konnektor vazifasida USB Type-C va MicroUSB ni qo‘llash mumkin.

Bunday natija boshqa ishlab chiqaruvchilar yutuqlaridan afzalroq, hattoki 35 daqiqa ichida akkumulyatorni 80 foizga quvvatlovchi Qualcomm kompaniyasining ham.

Oppo kompaniyasi vakillarining so‘zlariga qaraganda, bunday natijaga erishish uchun ular barcha qismlarni o‘zlari ishlab chiqaradilar.

Top