20:12 / 23.02.2016
39991

Ozoda Saidzoda unga kim qo‘shiq aytishni taqiqlaganini oshkor qildi

O‘zbek estrada san'atida o‘z o‘rni va o‘z ovoziga ega xonanda Ozoda Saidzoda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida bir yilga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishgani haqida gapirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sababli shifokorlar unga qo‘shiq aytmay turishini maslahat bergan.“Mendagi kasallik professional operachilarda uchraydi. Ya'ni, jonli qo‘shiq kuylaganda ortiqcha zo‘riqish, bor imkoniyatni ishga solish kerak bo‘ladi, buni o‘sha vaqtda sog‘ligim ko‘tarmas edi. Shu sababdan shifokorlar qo‘shiq aytishimni taqiqlab qo‘yishgan edi. Hozir hammasi yaxshi”, deydi xonanda.

Jurnalistning yangi imij borasidagi savoliga xonanda “bu odamlarni o‘zimga qaratish yoki shunga o‘xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas”, deya, bunga salomatligidagi ba'zi jihatlar sabab ekanini bildirdi.

Manbaning yozishicha, xonandaning “E'tirof et” nomli albomi yozib tugallanish arafasida.

Top