09:17 / 23.02.2016
3185

Ronaldu: «Ertami kechmi katta kinoda ham suratga tushishimga ishonchim komil»

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin kinoaktyorlik bilan shug‘ullanish niyati haqida ma'lum qildi.

«O‘zimni Gollivud filmlarida sinab ko‘rishim mumkinmi? Nega bunday bo‘lmasligi kerak? Hozir menda bunday maqsad yo‘q, lekin allaqachon bunday takliflar berilgan. Hozirgi sharoitda ikki sohani birdek olib borishim ilojsiz. O‘yinlar va mashg‘ulotlardan bo‘shay olmayman. Lekin kelajakda mening o‘zim uchun ham kino sohasi qiziq bo‘ladi.

O‘ylaymanki, asosiy rollarga tortmayman. Ikkinchi plandagi aktyor bo‘lishga ham. Menimcha, epizod rollar menga mos. Menga o‘rganish yoqadi. Atrofingda tajribali va mohir aktyorlar bo‘lsa o‘zingning ham mahorating o‘sib borishi tayin. Mening aktyorlik qobiliyatlarim hozir kuchli emas, lekin buni o‘stirsa bo‘ladi.

Aktryolik kasbi futbolchilikdan farq qiladi. Aktyorlik - juda chiroyli va shu bilan birgalikda og‘ir kasb. Umuman olganda ishonch bilan aytishim mumkinki, qachondir albatta katta kinolarda rol ijro etaman. Albatta boshida kichik rollardan boshlayman, tajriba to‘playman. Keyin vaziyatga qarab ish tutaman», – deydi Krishtianu Ronaldu.

Top