10:42 / 23.02.2016
6436

Temir yo‘l chiptalarini mobil ilova yordamida xarid qilish yo‘lga qo‘yildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyat o‘z mijozlari uchun Android va iOS operatsion tizimi platformasi asosidagi mobil ilovani taqdim etdi va u 23 fevraldan ishga tushadi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi mazkur mobil ilova yordamida chiptalarni on-layn tarzida xarid qilish mumkin. Bundan tashqari dastur foydalanuvchilarga poyezdlar jadvalidagi o‘zgarishlar haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, temir yo‘l transporti sohasiga oid yangiliklar bilan tanishish imkonini beradi.

Temir yo‘l chiptalarini sotib olish jarayonida «UzCard» to‘lov tizimidan foydalaniladi.

Ilovadan foydalanish bo‘yicha batafsil ma'lumot va Android, iOS mobil ilovalarini shu yerda yuklab oling, deb yozadi uzrailway.uz sayti.

Top