10:03 / 23.02.2016
2187

Toshkentda O‘zbekiston-Latviya siyosiy maslahatlashuvlarining o‘n uchinchi raundi o‘tkazildi

2016 yilning 22 fevral kuni Riga shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari vakillari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning o‘n uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Latviya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari, TIV siyosiy direktori Eduardas Stiprays boshchilik qildi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi tahlil qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston-Latviya oliy darajadagi muntazam uchrashuvlari o‘zaro manfaatli munosabatlarining negizi hisoblanadi hamda ushbu aloqalar tomonlarning birgalikdagi say'-harakatlari bilan yaratilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib jadal rivojlanib bormoqda.

Tomonlar bir-birlarini uzoq muddatli va ishonchli hamkor deb hisoblaydilar.

Munosabatlar ochiqlik va manfaatlarni e'tirof etishga asoslanadi hamda siyosiy muloqot, parlamentlar va davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Suhbat chog‘ida 2016 yilga mo‘ljallangan turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya TIV davlat kotibi Andrey Pildegovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Top