12:13 / 23.02.2016
3844

Vengriya O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochdi

Toshkent shahrida Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

"Vengriyaning Muvaqqat ishlar vakili Yanosh Vanik diplomatik vakolatxonaga vaqtinchalik rahbarlik qiladi", deyiladi xabarda.

Ilgari qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan Vengriya favqulodda va muxtor elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tar edi.

Top