19:29 / 24.02.2016
2316

Airbus 2015 yil kelishuvlari bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Aerokosmik Airbus konserni 2015 yil hisobiga ko‘ra rekord darajadagi 2,7 milliard yevrolik bitimlar imzoladi.

Airbus’ning sof daromadi 2014 yilga nisbatan 15 foizga oshdi va 2,7 milliard yevroni tashkil etdi. Umumiy mahsulot aylanmasi 6 foizga oshdi va 64 milliard yevroga yetdi.

2015 yilda Airbus umumiy qiymati 159 milliard yevrolik bitimlar imzoladi. Shunday qilib, 2015 yil so‘ngida kompaniya 1 trillion yevro miqdoridagi buyurtmalar portfeliga ega bo‘ldi. Bu konsern uchun rekord darajadir.

Top