14:10 / 24.02.2016
2281

Berluskoni vegetarian bo‘lishga qaror qildi

Italiya sobiq bosh vaziri, “Olg‘a, Italiya” partiyasi rahbari Silvio Berluskoni go‘shtdan voz kechishga qaror qildi.

“Kushxonaga, ya'ni o‘limga borayotgan hayvonlarning iztiroblari haqida o‘qiganimdan beri menda go‘sht yeyish istagi yo‘qolib qoldi. Men bemalol go‘shtsiz yashay olaman”, -ma'lum qildi 79 yoshli siyosatchi.

U bu qarorni qabul qilganiga ko‘p bo‘lmadi. Maqsadi jiddiyligini ko‘rsatish niyatida u Milan atrofi Arkor shaharchasidagi villa oshpaziga go‘shtli ragu tayyorlamasligini buyurgan, deb xabar beradi Corriere della Sera.

Top