09:52 / 24.02.2016
2698

Kerri Suriya bo‘yicha zaxira reja muhokama qilinayotganini ma'lum qildi

AQSh hamkorlari bilan birga agar Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ish bermasa, zaxira reja qabul qilishni muhokama qilmoqda, deb xabar bermoqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"Ayni vaqtda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lish ehtimoliga "B reja" qabul qilish bo‘yicha muhim muhokama olib borilmoqda", deb aytdi Kerri senatdagi nutqida.

Kerri bu reja nimani ko‘zda tutishi va uning muhokamasida qanday davlatlar ishtirok etayotganini ma'lum qilmadi.

Top