12:27 / 24.02.2016
4771

Nazarboyev “Galstuksiz katta siyosat” filmida suratga tushib, Bushni esga oldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qantashgan “Galstuksiz katta siyosat” hujjatli filmining bir parchasi Oqo‘rdaning Facebook`dagi rasmiy saytida namoyish qilindi

Hujjatli film bir necha yil oldin suratga olingan. Namoyish etilgan videofragmentda Nursulton Nazarboyev katta Bush taklifi munosabati bilan 2006 yil AQShga qilgan rasmiy tashrifi haqida so‘zlaydi.

“Kechasi bilan ish haqida suhbatlashib chiqdik. Men ularnikida bir kecha o‘tkazdim. Ertalab turib, uni okean bo‘yida uchratdim. Va u menga “Sen hozir Vashingtonga ketasan, u yerda sening rasmiy uchrashuving bo‘ladi, balki savollaring bordur”,- deb yodga oldi Nazarboyev.

Katta Bushning so‘ziga shunday javob qaytardim: “Savollarim yo‘q, men eski do‘stimning uyiga mehmon bo‘lib keldim”, deb qo‘shadi prezident.

“Ko‘pchilik, demak u mening o‘g‘lim bo‘lsa, tayoq bilan Oq Uyda yugurtiraman deb o‘ylashadi. Men hozir oddiy AQSh fuqarosiman va boshqa hech kim. Lekin men bir narsada senga yordam berishim mumkin. Oval ofisga kirganingda unga 41chi 43chiga kelayotgan shanba adabingni berar ekan deb aytgin”, dedi Katta Bush. “Axir noqulayku”, dedim. “Sen xuddi shunday ayt, o‘shanda sening suhbating yaxshi o‘tadi”, menga javob qaytardi deb qo‘shdi Qozog‘iston prezidenti.

Top