10:39 / 24.02.2016
14283

O‘zbekistonda startap: Vak-Mak - vakuumlangan shirin makkajo‘xori

Vak-Mak bu — O‘zbekistonda yetishtirilgan makkajo‘xorilarni vakuumli qadoqlarda tayyorlash va sotish startapi bo‘lib, hozirda uni ko‘plab do‘konlardan xarid qilish mumkin.

Mahsulot saytida yozilishicha, uning tarkibida kimyo davriy jadvalidagi 26 ta element mavjud va u diabetni nazorat qilish, yurak hamda Altsgeymer kasalliklari, kamqonlikni oldini olish, gipertoniya - qon bosimining oshib ketishini pasaytirish, ko‘z nuri va terini yaxshilash, suyak baquvvatligini oshirish kabi hususiyatlarga ega.

Uni +5, +20 daraja issiq oralig‘ida ham saqlash mumkinligi sababli, sovutkichdan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi. U iste'molga tayyor holatda bo‘lib, vakuum ostida uzoq vaqt sifatli saqlanadi.

Vak-Mak'ni bir daqiqa mikroto‘lqinli pechda isitsa yoki 3-5 daqiqa suvda qaynatib olsa bo‘ladi. O‘qishga, ishga, sport mashg‘ulotlariga borganda, sayrga chiqqanda uni tanovul qilish mumkin.

Top